U — shubhasiz, jumboq. Olimlar u haqda shunday deyishadi: "Baribir biz bu qanday mashina ekanligini bilmaymiz"; "Hozir maʼlum boʻlgan narsalarga qaraganda, biz hali juda koʻp narsani bilib olishimiz kerak"; "Uning murakkabligi shunchalik hayratlanarliki, uning tuzilishini qachondir tushuna olamizmi-yoʻqmi, nomaʼlum"; "Tana aʼzolari ichida uni oʻrganish eng qiyin". Ammo bu sirni yechishga qiziqish shunchalik kattaki, AQSH kongressi hatto 1990-yillarni ... oʻn yilligi deb eʼlon qildi. Nimaning?