1990-yilda SSSRda dunyodagi birinchi pochta markasining 150 yilligi sharafiga pochta markalari seriyasi chiqarildi. 10 tiyinlik markada pochta idorasi anjomlaridan tashqari yovvoyi atirgul, och sariq nargis, qushqoʻnmas va primula gullaridan tuzilgan gulchambar bor. Bu gulchambar nimani anglatadi?
Bu Buyuk Britaniyaning toʻrt hududi: Angliya, Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaning — pochta markasi vatani boʻlgan mamlakatlarning geraldik guldastasi.