1988-yil oktyabr oyida Moskva, Tallin va Kiyevda ushbu aktyor ishtirokidagi filmlar festivallari bilan uning yubileyi nishonlandi. Amerikaning "Film komment" jurnali esa uni XX asrning eng mashhur aktyori deb atadi. Uning haykallari madam Tyusso muzeyida va Malayziyadagi ibodatxonalardan birida Vishnu haykali yonida turadi. Gitler va Gebbels uni "demokratik sanamning ayanchli parodiyasi" sifatida qattiq yomon koʻrishgan. Ushbu koʻp karra "Oskar" mukofoti sovrindori kim?