Arxitektor Ronnet Rayli 1987-yildan beri Empire State Building osmonoʻpar binosida ofis ijaraga oladi. Oʻsha yillarda u yerda asosan kichik firmalar joylashgan edi. Binodan chiqmasdan manikyur qildirish, tish davolatish, arzon ziraklar sotib olish, poyabzal taʼmirlatish mumkin edi. Ronnetning soʻzlariga koʻra, osmonoʻpar binodagi ofis nafaqat nufuzli manzili bilan, balki koʻpgina muammolarni birgina tugmani bosish orqali hal qilish imkoniyati bilan ham jalb qilgan. Aynan qaysi tugmani?