1987-yilda nashr etilgan "Kino ensiklopediyasi"da ushbu tashkilotning kino mahsulotlariga alohida maqola bagʻishlangan. Dastlabki chiqarilgan filmlar qatorida "Bunday tinch yechimga yoʻl yoʻq!" va "Qalb va qon bilan" (ikkalasi ham 1969-yilda chiqarilgan) kabi kinosolnomalar bor. Ushbu tashkilot ruscha nomining qisqartmasi dasturchilarga yaxshi tanish va u bir texnika nomidir. Uning asosiy qoidalaridan birini inson oʻziga nisbatan qoʻllashi natijasini shartli ravishda Chexov qahramoni deb atash mumkin. Biz sizdan uning familiyasini soʻramaymiz, 1898-yilda yozilgan, nomi bizga aynan shunday assotsiatsiyani uygʻotgan hikoyani ayting.