1986-yilda amerikalik tadbirkorlar orasida ma'lum bir shov-shuv ko'tarilib, unda 80 ta firma ishtirok etdi. Tegishli emblema va yozuvlar tushirilgan maykalar, sumkalar, o'yinchoqlar va shunga o'xshash mayda-chuyda buyumlar chaqqonlik bilan sotildi. Bir tadbirkor aytganidek, bu Los-Anjeles Olimpiadasining samoviy versiyasi edi. Bu shov-shuvga nima sabab bo'lgan edi?