1986-yilda Margaret Tetcher London halqa yoʻlini tantanali ravishda ochdi. Biroq, tez orada bu shosse haydovchilar uchun haqiqiy doʻzaxga aylandi. Har tong 700 ming avtomobilni qabul qiladigan yoʻl halqasi bu oqimga dosh berolmasdi. Londonlik soʻzamollar bu yoʻlni "dunyodagi eng katta..." deb atashgan. Nima deb?
Avtoturargoh (unda doimiy ravishda misli koʻrilmagan tirbandliklar yuzaga keladi).