1984-yilda Yuqori Volta (inglizcha Upper Volta) oʻz nomini Burkina-Fasoga oʻzgartirganda, BMTga a’zo koʻplab davlatlar bunga qarshilik koʻrsatishdi. Bizning nuqtayi nazarimizdan, bu norozilikning sababi oddiy hasaddir. Gap shundaki, Yuqori Volta oʻsha paytda BMT Xavfsizlik Kengashida oʻrin egallagan edi. Nima uchun bu holat nomni oʻzgartirishga toʻsqinlik qilishi mumkin edi?
Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan a’zolari alifbo tartibida almashadi va koʻpchilikka Yuqori Volta (inglizcha U harfi bilan boshlanadi) muddati tugagandan soʻng, tez orada Burkina-Faso sifatida yana bu oʻrinni egallashi yoqmagan.