Viktor Suvorov istehzo bilan shunday deydi: "Agar Gebbels aqlli odam boʻlganida, u jirkanch 'targʻibot' (propaganda) soʻzini yoʻq qilishi, oyoqosti qilishi va parchalashi kerak edi. Oʻz muassasasini u, masalan, Obʼyektiv axborot vazirligi deb atashi lozim edi. 'Targʻibot' soʻzining oʻzida uning inkoʻri yashiringan. Targʻibot — bu tarqatilishi kimgadir foydali boʻlgan maʼlumotlardir, shuning uchun targʻibot obʼyektiv haqiqat boʻla olmaydi". Suvorov Gebbelsga oʻrnak sifatida boshqa bir inson tomonidan yaratilgan muassasani koʻrsatadi. Aytgancha, bu muassasa maʼlumki, 1984-yilda ham mavjud boʻlgan. Bu qanday muassasa?