Dunkan Klarkning taʼkidlashicha, 1984-yilda xitoylik tadbirkorlar amaldorlar bilan uchrashuvga borayotib, har ehtimolga qarshi oʻzlari bilan ALFA olib olishgan. Alibaba startapining birinchi ofisidagi ALFAlar soniga qarab kompaniya asoschilari sonini aniqlash mumkin edi. ALFA soʻzi bilan qaysi ikki soʻz almashtirilgan?