zakovatklubi.uz

1983 yil asos solingan va hozirda Jeremy Scott tomonidan boshqarilayotgan X kompaniyasi oʻzining noodatiy, zamonaviy va hazilomus kiyim kolleksiyalari bilan dunyoga mashhur. Xning "waste of money"(havoga uchgan pul) yozuvli pidjaklari va musor paketlaridan taxlangan koʻylaklari bunga yaqqol misoldir. Kiyimlardan tashqari brend aksessuarlar, taqinchoqlar, atirlar va kosmetika mahsulotlari chiqaradi. X ning eng yuqori baholangan atirlari Y siluetidagi idishlarda sotiladi. Y ushbu brendning simvoli hisoblanib uning futbolkali versiyalarida "This is not a X toy"(bu X oʻyinchogʻi emas) yozuvini koʻrishingiz mumkin. Savol, agar siz X bilan yashirilgan brendni topgan boʻlsangiz, bizga Y nomi ortida yashirilgan hayvonni yozib bering

Manba