Yozuvchi Aleks Tarnning yozishicha, bu masxaromuz so'z inkor bilan boshlanadi, tasdiq bilan tugaydi, yo'l-yo'lakay esa o'rta bo'g'inning o'tkir tirnog'ini inson qalbiga shafqatsizlarcha sanchadi. 1983-yilgi film nomida bu so'z ikki marta uchraydi. Ushbu filmning bosh qahramonini ayting.