zakovatklubi.uz

1981-yilda 35 yoshli shoir Murod Rahmon bir xonali uyida yolgʻiz yashar edi. Kunlardan bir kuni uyida osilib turgan koʻzguga qarab, umri xuddi oqar daryodek oʻtib ketayotganiga alami keladi, koʻzidan yosh dumalaydi va “bu dunyoda meni ham sevadigan inson bormikin?” deya oʻylaydi. Xayoliga kelgan bu fikr nurdek charaqlaydi va oʻsha zahoti qoʻliga qalam oladi. Shoirning aytishicha, keyinchalik bu asar oʻzi oʻylaganidan ham ziyoda mashhurlikka erishadi. Diqqat, savol: gap qaysi asar haqida ketayotganini yozib bering.

Manba