Men 1981-yilda Volkovskiy teatri spektakllaridan birida boʻlganman. Ammo esimda spektakl emas, balki teatr foyesiga oʻrnatilgan qiziqarli tablo qolgan. Unda bir necha qator tugmalar boʻlib, har bir tugma ostida bir xonali yoki ikki xonali son bor edi. Teatrga kelgan har bir tomoshabin ushbu tabloda istalgan tugmani, masalan: 9, 14, 44 yoki boshqasini bosishi mumkin edi. Agar u yolgʻiz boʻlmasa, bir necha marta bosishi, kerak boʻlmasa bosmasligi ham mumkin edi. Bu yangilik besh yilcha davom etdi, keyin tomoshabinlarga yoqqan boʻlsa-da, toʻxtatildi. Teatr maʼmuriyati bunday tabloni qanday maqsadda oʻrnatgan edi?
Tomoshabinlarni jamoat transporti bilan uylariga yetkazishni tashkil qilish uchun