"Avtodrom" jurnali yozishicha, "Tunis ralli" va "Jazoir ralli"sidagi g'alabalardan, shuningdek, 1981-yilgi Parij-Dakar bronzasidan so'ng ushbu yo'ltanlamasga talab sezilarli darajada oshgan. 1982-yilda u Fransiyada o'z segmentidagi bozorning 40 foizini, Avstriyada esa 90 foizini egalladi. Ehtimol, bu hatto yangi haydalgan dalada ham yurishga imkon beradigan birinchi yengil avtomobil bo'lgandir. Bu qaysi yo'ltanlamas?