Bu kitob ilk bor 1978-yilda nashr etilgan va keyingi 3-4 yil davomida bir necha bor qayta nashr etilgan. Uning nomidagi ot so'z turkumi bir Yevropa davlatining nomida (aniqrog'i, uning tarjimasida) mavjud. Nomidagi sifat esa ushbu davlatning ba'zi san'at arboblarining umumiy nomida bor. Ma'lumki, Salvador Dali bir safar o'z daholigini 20 dan 19 ballga baholab, ushbu insonlardan biriga "20" qo'ygan. Ushbu dahoni ayting.