Bu haqidagi hikoyani dunyo ilk bor 1976-yilda eshitgan. Baʼzilar buni 1969-yilda tashkil etilgan shaytoniy sekta deb daʼvo qilishgan. Boshqalar esa buni Los-Anjelesdagi psixiatriya klinikasining ikkinchi nomi deb chin dildan ishonishgan. Uchinchilar buni kanniballar yotoqxonasi deb hisoblashgan. Boshqa versiyalar ham uchragan, masalan, giyohvandlar kokainni shunday atashadi degan. Koʻpgina tadqiqotchilar bu Meksikaning Todos-Santos shahridagi real mavjud obekt degan fikrga qoʻshiladilar. Toʻgʻri, uning hikoya yozilishiga hech qanday aloqasi yoʻq. Bu hikoya qanday nomlanadi?