Kunlarning birida savol muallifi hamkasblari bilan bahslashib qoldi. Bahslashuvchilardan biri inshootni va 1973-yilni, ikkinchisi mifologik syujetni va 1975-yilni, uchinchisi esa ruscha so‘z, ilohiy ism va 1979-yilni tilga oldi. Sog‘lom aql ishtirokchilardan birining haq ekanligini ko‘rsatgandek edi, biroq Yandex’dagi so‘rov haqiqatni aniqlay olmadi. So‘rov matni qanday edi?