1972-yilda chiqqan “Choʻqintirgan ota” filmi AQSHda katta shov-shuvga sabab boʻlgan edi. Qizigʻi shundaki, tomoshabinlar Jonni Fonteyna obrazini aynan UNING prototipi deb atashgan. Masala shunchalik jiddiylashgan ediki, U, roman muallifi va film ssenariynavisi boʻlgan Mario Pyuzoni Nyu-Yorkda urishga harakat qilgan. Kim?