zakovatklubi.uz

1970-yillar boshlarida misning narxi haddan ziyod koʻtarilishi oqibatida, AQShda bir sent qiymatdagi tanga ishlab chiqarish ikki sentga tusha boshladi. Shu sababli AQShda alyuminiy asosidagi qotishmadan tanga ishlab chiqarish taklifi ilgari surilgan. Lekin bunday tangalar kelajakda ishlatilmagan. Buning ikki sababi boʻlgan. Birinchisi, 2-3 yildan soʻng misning narxi yana arzonlashgan. Ikkinchi sabab esa, bir soha vakillarining qarshiligi boʻlgan. Gap qaysi soha vakillari haqida ekani va ularning noroziligi sababini yozib bering

Manba