Javobda savol matnidagi biz oltita harfini tushirib qoldirgan soʻzni asl holida tiklash talab qilinadi. 1969-yilda Jon Lennon, Pol Makkartni, Mik Jagger va Bob Dilanning hamkorligi — The Masked Marauders superguruhi tuzilgani eʼlon qilindi. Tez orada ularning birinchi albomi ham chiqdi. Qizigʻi shundaki, undagi soʻnggi kompozitsiya gʻazablangan popning monologi edi. Soʻzni asl holida tiklang.