"Sanʼatdagi syujetlar va ramzlar lugʻati" UNI eng mashhur xristian avliyolaridan biri deb ataydi. UNGA nisbat beriladigan moʻjizalar orasida: nohaq oʻldirilgan oʻsmirlarning tiriltirilishi, Kichik Osiyodagi Mira shahrida ocharchilik paytida oziq-ovqat miqdorining moʻjizaviy tarzda koʻpayishi, choʻkayotgan kemaning qutqarilishi bor. Shunga qaramay, 1969-yilda U "kelib chiqishi noaniqligi" sababli cherkov taqvimidan chiqarib tashlangan. Uning atributi — uchta hamyon yoki uchta oltin shar. Oʻzi esa soʻnggi yillarda bir Amerika firmasining atributikasiga aylandi. Aynan qaysi firmaning?