1969-yilda dunyoga mashhur shirinlik ishlab chiqaruvchilardan biri Salvador Daliga oʻz mahsuloti uchun oʻram dizaynini ishlab chiqish taklifi bilan murojaat qiladi. Endi ushbu manzarani tasavvur qiling: Salvador Dali oʻz ishining ustasi sifatida maʼlum bir gulni asos qilib oladi va vazifani bir yarim soatda uddalaydi. Tasavvur qildingizmi? Men bu rasmga rus kult romani nomidan birgina harf bilan farq qiladigan nom bergan boʻlardim. Dalini ilhomlantirgan gulni ayting.