1969-yilda Sovet Ittifoqida bir vaqtning oʻzida ikkita kosmik kema — "Soyuz-4" va "Soyuz-5" uchirildi. Ular koinotda tutashib, shu tariqa ilk bor alohida elementlardan yagona orbital obyektni hosil qilishdi. Ushbu voqeaga bagʻishlangan "Krokodil" jurnalidagi karikaturada xudo kosmonavtlarga: "Bolalar, sizlarga GOʻRKOV kerak emasmi?" degan savol bilan murojaat qiladi. Savolda qaysi ikki soʻzni bitta soʻzga almashtirdik?