zakovatklubi.uz

1968-yili Fransiyada boʻlib oʻtgan ommaviy tartibsizliklar “Qizil may” voqealari sifatida tarixga kirgan. Noroziliklar talabalarning namoyishlari bilan boshlangan. Namoyish va norozilik aksiyalari “Madaniyat – bu hayotning teskarisi”, “Sanʼat oʻldi, uni murdasini gʻajimang”, “Rahbarlarni qisqartiring”, “Barcha mamlakatlarning proletariati, koʻngilxushlik qiling” kabi shiorlar bilan olib borilgan. Namoyishchilarga taʼsir qilgan soʻl gʻoyalar haqida gap ketganda 1893-yili tugʻilgan insonga borib taqaluvchi taʼlimot ham eslab oʻtilgan. Savol: Ushbu insonning kimligini yozib bering.

Manba