1968-yilda San-Fransiskodagi konferensiyada ARC tadqiqot markazi rahbari Duglas Engelbart ulkan muvaffaqiyat qozongan bir yarim soatlik taqdimot oʻtkazdi. Boshqa narsalar qatori, u "oʻyin kartalari dastasiday" keladigan, "bir juft tugmasi bor" qandaydir qurilmani namoyish etdi. Koʻpincha boʻlganidek, ixtiro oʻz davridan biroz oʻzib ketgan edi, ammo hozirda undan millionlab odamlar muntazam foydalanmoqda. Engelbart bu qurilmaga qanday nom bergan edi?