Ushbu ilmiy yoʻnalish SSSRda taʼqiblardan aziyat chekkan boʻlsa, Gʻarbda haddan tashqari mashhurlikdan aziyat chekdi. Buning yorqin misoli sifatida 1968-yil may oyida fransuz futbol murabbiyi bergan intervyuni keltirish mumkin. Intervyu davomida u, aftidan, oʻzakdosh soʻzlarni adashtirib yuborib, soʻnggi muvaffaqiyatsizliklar tufayli milliy terma jamoaning (tushirib qoldirilgan soʻz) qayta koʻrib chiqish kerakligini aytdi. Tushirib qoldirilgan soʻzni toping.