1967-yilda oʻz avtobiografiyasida ikkinchi shaxs birinchisi haqida shunday yozgan edi: "Biroq, meni hammadan koʻra koʻproq qiziqtirgan muallif, albatta, [birinchi] edi. Surgunda paydo boʻlgan yosh yozuvchilar orasida u eng yolgʻiz va eng takabbur edi. 1925-yilda uning birinchi romani nashr etilgandan boshlab, u qanday sirli paydo boʻlgan boʻlsa, shunday sirli gʻoyib boʻlgunga qadar keyingi oʻn besh yil davomida uning asarlari tanqidchilarda keskin va biroz ogʻriqli qiziqish uygʻotdi". Birinchi shaxs gʻoyib boʻlgan vaqtga yaqin, ikkinchisi paydo boʻldi. Aslida u ancha oldin — 1899-yilda tugʻilgan, ammo 1941-yilda aynan jahonshumul shuhrat qozongan sifatda namoyon boʻldi. Bugungi kunda hamma ham uning aynan birinchisi gʻoyib boʻlganidan keyin paydo boʻlganini bilavermaydi. Birinchi va ikkinchi shaxslarning familiyalarini ayting.