Ushbu telekoʻrsatuvning ilk sonlari 1966-yil boshida "Xayrli kech!" nomi bilan chiqdi, soʻngra eng yaxshi nom uchun tomoshabinlar tanlovi eʼlon qilindi va gʻolibga oʻsha paytlarda tanqis boʻlgan chex pivosi vaʼda qilindi. Tanlovga yuborilgan nomlar orasida "Togʻ echkisi", "Toʻtiqush", "Tabassum" va hatto "Moviy Dunay" ham bor edi. Voronejlik bir tomoshabin esa shunchaki oʻsha paytdagi koʻrsatuvning barcha qahramonlarini sanab chiqdi va oʻz variantini taklif qildi, aynan shu nom eng yaxshisi deb topildi. Ushbu nomni yozing.