1966-yilda Hollivudda shunday syujetli vestern suratga olingan: banditlar oltin izlovchi Smitning oilasini ma’nosiz va shafqatsizlarcha o‘ldirishadi. Faqat uning o‘g‘li Nevada tirik qoladi. Bolani qasos o‘ti qamrab oladi. Uzoq yillar davomida u banditlarni ta’qib qiladi va hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni (o‘q otish, savodxonlik va h.k.) egallaydi. Kinotanqidchilarning fikriga ko‘ra, film janrning eng yaxshi namunasi emas, biroq aynan u mashhur kinopersonajning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Ushbu personajni ayting.