1966-yilda Italiya plyajlaridan birida topilgan va amerikalik kolleksionerga sotilgan shishada 1846-yilgi "La Montagne" gazetasining parchasi topildi. Uning chetlariga qoʻrgʻoshin qalam bilan "Atlas" paroxodining halokati haqida yozilgan edi: "Bizni toʻlqinlar ixtiyori olib ketmoqda... Mastalar singan, vint uzilib ketgan. Ushbu shisha menga konvert boʻlib xizmat qilsin, suruchdagi uzuk muhri esa — pochta markasi boʻlsin..." Matn parijlik Jan Levere tomonidan imzolangan edi. Ammo mutaxassislar buni tezda aniqlashdi: bu yuqori professional darajada tayyorlangan qalbakilashtirish edi... Firibgar matnni toʻqishda qaysi ikki xatoga yoʻl qoʻygan?
"Atlas" vintli emas, balki gʻildirakli paroxod boʻlgan, Fransiyada markalar esa toʻrt yil keyin paydo boʻlgan...