1965-yilda Taganka teatridagi "Dunyoni larzaga keltirgan oʻn kun" spektaklining premyerasi boʻlib oʻtdi. Teatrning oʻzi ham, uning aktyorlari ham oʻshanda juda yosh edi va aktrisa Alla Demidovaning soʻzlariga koʻra, "baʼzan bezorilik qilib turishardi". Shunday "bezoriliklardan" biri spektakl afishasida oʻz aksini topgan boʻlib, uning asl matni shunday edi: "Ikki qismli xalq tomoshasi, pantomima, sirk, buffonada va ...ga qarata oʻq uzish bilan". Kimga qarata?