Ilk bor BUNI oʻtkazish 1965-yilda er-xotin Tokovlar tomonidan rejalashtirilgan edi. Erining fojiali oʻlimi, soʻngra sohadagi qator muvaffaqiyatsizliklar tadqiqotlarni 1973-yilgacha toʻxtatib qoʻydi. Biroq, Sovet Ittifoqida odamlar ustida tajriba oʻtkazishga baribir jurʼat qila olishmadi. Amerikaliklar esa qatʼiyatliroq boʻlib chiqishdi: 1984-yil 3-sentyabrda Judit Reznik va Robert Mallayn koʻplab kuzatuvchilar koʻz oʻngida BUNI baribir amalga oshirishdi — maʼlum boʻlishicha, birinchi va oxirgi marta. Turnir bolalar uchun boʻlgani sababli, biz sizdan BU haqida soʻramaymiz. Ayting-chi, ular BUNI qayerda amalga oshirishgan?