Norasmiy talqinga koʻra, buning asoslari MRB mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Rasmiy talqinga koʻra esa, uning yaratuvchilari amerikalik Garnsi, Noel va Geytsdir. Ular chorvachilikka unchalik qiziqishmagan, ammo chorva mollarini koʻpaytirishda qoʻllaniladigan qandaydir asbobning sotilishi haqidagi eʼlon ularga ajoyib gʻoya bergan. Shu bilan birga, barcha haqiqiy vatanparvarlar bilishadiki, bu ham Rossiya ixtirosi, chunki 1965-yilda Strugatskiylar shunga oʻxshash narsa haqida yozishgan edi. Gap nima haqida bormoqda?