1964-yilda mashhur jaz trubachisi Dizzi Gillespi AQSH prezidentligiga oʻz nomzodini qoʻyishga qaror qildi. Uning saylovoldi dasturida saylangan taqdirda Dyuk Ellingtonni AQSH davlat kotibi, trubachi Maylz Devisni esa MRB direktori etib tayinlash va’dasi bor edi. Ammo u Rey Charlz uchun oʻsha davr an’analariga mos keladigan eng mantiqiy ish joyini oʻylab topdi. Rey Charlz qaysi muassasaga rahbarlik qilishi kerak edi?