1963-yilda Kreg Bridlav oʻzi yaratgan samolyotsimon turboreaktiv "Amerika ruhi" avtomobilida soatiga 655 kilometrdan ortiq tezlikka erishib, yangi jahon rekordini oʻrnatdi. Biroq Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) qanotsiz, uch gʻildirakli Bridlav "qiruvchisi"ni umuman avtomobil emas deb hisoblab, bu rekordni tan olishdan bosh tortdi. Rekord boshqa bir xalqaro federatsiya tomonidan rasman tan olindi va u "Amerika ruhi"ni... Nima deb tan oldi? Faqat aniq javob qabul qilinadi.
Lyulkali (arvachali) mototsikl. (Chunki u uch gʻildirakli edi. Rekord FIM — Xalqaro mototsiklchilar federatsiyasi tomonidan tan olingan.)