London sanʼat kolleji bitiruvchisi Meri Kuant 1963-yilgacha ham ancha muvaffaqiyatli dizayner edi. Biroq, aynan 1963-yilda u juda oddiy, ammo hech kimning xayoliga kelmagan professional ixtiro qildi. Bu ixtiro unga boylik va shon-sharaf keltirdi. 1963-yilda Meri «Yil ayoli» boʻldi. 1966-yilda u qirolicha qoʻlidan Britaniya imperiyasi ordenini oldi, 1969-yilda esa Sanʼat akademiyasining Qirollik dizayneri deb eʼlon qilindi. Ixtironing oʻzi butun dunyo boʻylab gʻalaba bilan tarqaldi, garchi tez orada yirikroq «qarindoshlari» tomonidan siqib chiqarilgan boʻlsa-da. Gap qaysi ixtiro haqida ketmoqda?
Gap mini-yubka haqida ketmoqda, uning ixtirochisi Meri Kuantdir.