gotquestions.online

1962-yilda Yangi Gvineya orolida boʻlgan Maykl Rokfeller ogʻirligi 5-7 kg boʻlgan buyum uchun 10 ta bolta toʻlagan. Qizigʻi shundaki, papuas bu buyumni sotish uchun nazariy jihatdan turli yoʻllar bilan, jumladan, avval donasi atigi 1 bolta turadigan boshqa bir "tovar"ni sotib olib, keyin undan birinchisini mustaqil ravishda yasash orqali qoʻlga kiritishi mumkin edi. Orol qabilalari iqtisodiyotini rivojlantirishga qoʻshilgan bunday hissaga qaramay, BMT komissiyasi maxsus yigʻilishda Maykl Rokfellerni Yangi Gvineyadan chiqarib yuborishni talab qildi. Gap borayotgan har ikkala tovarni toʻgʻri tartibda ayting.

Manba