1961-yil oktabr oyida Kremldagi Qurultoylar saroyida Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining navbatdagi qurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda boshqalar qatori Leningrad viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi Spiridonovning taklifi ham qabul qilindi. Qurultoy qarorini bevosita amalga oshirishga Moskva Kremli komendaturasi maxsus tayinlovchi alohida polki askar va ofitserlari, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi, Mossovet, Moskva shahar partiya qoʻmitasi va KPSS Markaziy Qoʻmitasi vakillari jalb qilindi. Oʻshanda rassom Savinov tomonidan keng oq lenta tayyorlangan edi. Rassom ushbu lentaga aynan nima deb yozgan edi?