AQSHning Illinoys shtati, Oak Bruk shahrida universitet bor. 1961-yilda tashkil etilganidan beri uni dunyoning turli mamlakatlaridan 65 mingdan ortiq talaba tamomlagan. Tarjimonlar va zamonaviy elektron qurilmalar talabalarga 22 tilda maʼruzalarni tinglash va professorlarga savollar berish imkonini beradi. Uning talabalari turli fanlarni — umumiy ovqatlanish korxonalarini boshqarish tamoyillari, diyetologiya, marketing, buxgalteriya hisobini oʻrganadilar. Uning inglizcha nomi Germaniya shimolidagi boshqa bir universitetning inglizcha nomidan faqat ikki harf bilan farq qiladi. Savolda gap borayotgan Amerika universitetini ayting. Javobni oʻzbekcha yoki inglizcha berish mumkin.