Bir kuni ispaniyalik tadbirkor Enrike Bernat qoʻllarini kir qilgan bolasini urishayotgan onani koʻrib qoladi. Enrikeda bir gʻoya tugʻiladi va u 1960-yillarning boshida uni amalga oshirishga kirishadi. Oʻzining oddiy ixtirosini shakli tufayli dastlab "Gol" deb ataydi, lekin tez orada ispancha feʼlni qoʻllab, nomini oʻzgartiradi. 1962-yilda esa u feʼlga ohangdosh soʻzni qoʻshib, savdo belgisini rasman roʻyxatdan oʻtkazadi. Ushbu savdo belgisini ayting.