Nevada shtatidagi kichik Rino shahri kazino va fohishalik qonuniylashtirilgani hamda bir soat ichida nikohdan oʻtish mumkinligi bilan mashhur. Aynan shuning uchun Rinoda keluvchilar koʻp boʻladi. Shaharning biz tushirib qoldirgan sifatsiz shiori shunday yangraydi: "Amerikaning eng katta shahri". 1957-yilda amerikalik aktyor Billi Barti oʻzi kabi odamlarni Rinoda yigʻilishga chaqirdi. Natijada LPA abbreviaturasiga ega boʻlgan va shior kabi oʻsha sifatsiz "Amerikaning odamlari" deb nomlanuvchi tashkilot tuzildi. Bugungi kunda ushbu tashkilot 18 ming aʼzoga ega. Tushirib qoldirilgan sifatni tiklagan holda, ushbu tashkilot aʼzolarini nima deb atashimizni ayting.