gotquestions.online

Diqqat, savolda almashtirish bor. 1957-yil bahorida Shveytsariyada misli koʻrilmagan CHIGʻANOQLAR hosili haqida syujet chiqdi. Daraxtlardan CHIGʻANOQLAR yigʻib olinayotgan kadrlar ushbu mamlakatda CHIGʻANOQ yigʻish, albatta, Italiyadagidek sanoat miqyosiga yetmasligi haqidagi hikoya bilan birga berildi. "Bunday daraxtlarni qanday oʻstirish mumkin?" degan savol bilan qoʻngʻiroq qilganlarga tahririyatdagilar: "CHIGʻANOQ nihollarini tomat sousli bankaga eking va yaxshilikdan umid qiling", deb javob berishdi. Biz ushbu savolda vesternlarning kichik janri nomida mavjud boʻlgan qaysi soʻzni almashtirdik?

Manba