Yaponiyaning Noo teatrida nafaqat qadimiy pyesalar sahnalashtiriladi. Masalan, 1957-1960-yillarda bir tashkilotning maxsus buyurtmasiga binoan bosh qahramonlari Kirisuto va Pauro boʻlgan ikkita pyesa qoʻyilgan. Gap qaysi tashkilot haqida ketayotganini topgan boʻlsangiz, ayting: bu qahramonlarni Yevropada qanday atashadi?