gotquestions.online

1956-yilda GDR pochtasi yubiley markasini chiqardi, uning fonida Frans Shubertning "Sayyohning tungi qoʻshigʻi" asari notalari tasvirlangan edi. Nota yozuvida birorta ham xato yoʻq edi, shunga qaramay markani muomaladan qaytarib olib, boshqa fonli marka bilan almashtirishga toʻgʻri keldi. Ehtimol, 2004-yilda Shveysariya va Rossiya yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi futbol oʻyini oldidan shunga oʻxshash xato sodir boʻlgani sizga GDR pochta idorasi qanday xatoga yoʻl qoʻyganini topishga yordam berar.

Manba