Maʼlumki, Rey A. Kroks hayotidagi eng foydali bitimni 1955-yilda aka-uka MakDonaldlardan ularning tezkor ovqatlanish muassasasi savdo belgisini sotib olib amalga oshirgan. Oʻz muassasalari ishini avtomatizm darajasiga yetkazib, u koʻplab takomillashtirishlarni oʻylab topgan. Xususan, uning hayotligida xodimlarning formali kiyimida faqat bitta ichki choʻntak boʻlib, unga faqat gigiyenik nesserer sigʻishi mumkin edi. Unda xodimning jinsidan qatʼi nazar: taroq, tirnoq qaychisi, tirnoq egovchasi va soch yulish uchun qisqich boʻlgan. Oʻta darajada ozodalikka ruju qoʻygan Rey A. Kroks xodimlarining qayeridagi sochlarni yulib yurishini talab qilgan?