1955-yilda MRB (SRU) va Britaniya razvedkasi sovet harbiylari shtabining aloqa kanaliga chiqish va tinglashni tashkil qilish maqsadida Gʻarbiy Berlindan Sharqiy Berlinga tunnel qazishdi. Bir qismi sharqiy hududdan oʻtgan tunnelda barqaror harorat rejimini talab qiluvchi tinglovchi apparatura oʻrnatilgan boʻlib, buning uchun maxsus isitgichlar va konditsionerlar qoʻyilgan edi. Ammo kunlarning birida toʻsatdan tunnelning joylashgan joyini fosh qilgan voqea yuz berdi. Oʻshanda nima sodir boʻlgan edi?