Shotlandiyada keng tarqalgan bu insonning familiyasi Shimoliy Yevropadan koʻchib kelgan toʻquvchi va fermerlarga borib taqaladi. 1955-yilda uning bevasi Andre Moruaga erining hayotini tasvirlab berish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu inson Morua odatda tasvirlaydigan odamlar doirasiga kirmasligiga qaramay, yozuvchi iltimosni bajardi. Ushbu insonning ismi va familiyasini ayting.