Yaponiyadagi qadimiy buddist ibodatxonalaridan biri nafaqat dindorlarni oʻziga jalb qiladi. 1955-yilda ibodatxona restavratsiya qilinganidan beri unga boshqa gʻayritabiiy "ziyoratchilar" kela boshladi. "Asahi Evening News" gazetasining yozishicha, ular paydo boʻlishi bilan ibodatxonada juda koʻp mayda teshiklar paydo boʻlgan va baʼzi turistlarga bu teshiklar ibodatxonaga yorugʻlik oʻtkazish uchun maxsus qilingandek tuyuladi. Bu istalmagan tashrif buyuruvchilar kimlar?