Mashhur "Kelajakka qaytib" trilogiyasining rejissori Robert Zemeks va prodyuseri Robert Geylning aytishicha, "Koka-Kola" va "Shell" kompaniyalari filmning 1955-yilda boʻlib oʻtadigan qismida oʻz logotiplarini ishlatish uchun katta gonorar taklif qilishganiga qaramay, ular filmga kamroq pul taklif qilgan raqobatchilar — "Pepsi-Kola" ichimligi va "Teksako" benzini logotiplarini joylashtirishgan. Ayting-chi, 1955-yildan beri "Koka-kola" va "Shell" logotiplarida nima oʻzgargan?